Kim, qayerda va necha marta ovqatlandi, har bir firma qancha toʻlaydi, mahsulot qayerga ketdi va 1 odam-kun qanchaga tushdi — barchasi bitta tizimda, qogʻoz va jadvalsiz.
Tushlik
1 186
bugun karta bilan ovqatlandi
Norma doirasida
Avval
Endi — Choyne bilan
Avval
Odam soni taxminiy
Kim necha marta ovqatlangani daftarda yoki jadvalda — firmalar bilan hisob-kitobda kelishmovchilik chiqadi.
Endi — Choyne bilan
Har bir ovqatlanish yozilgan
Karta oʻqilganda kim, qayerda va qaysi mahal ovqatlangani avtomatik saqlanadi.
Avval
Hisobot qoʻlda
Oy oxirida har firma uchun ilova va akt tayyorlashga kunlar ketadi.
Endi — Choyne bilan
Hisobot bir tugmada
Har firma uchun kunma-kun hisobot va Excel fayl oy oxirida tayyor turadi.
Avval
Mahsulot qayerga ketgani nomaʼlum
Obyektlarga berilgan mahsulot normaga toʻgʻri keladimi, tannarx qancha — aniq javob yoʻq.
Endi — Choyne bilan
Tannarx va norma koʻz oldingizda
Har obyektga nima berilgani, qancha ishlatilgani va 1 odam-kun narxi aniq koʻrinadi.
Kerakli boʻlimlarni tanlaysiz — keyin istalgan vaqtda qoʻshish mumkin.
Har bir ishchi karta bilan ovqatlanadi: kim, qachon, qaysi mahal — avtomatik yoziladi. Android terminal internetsiz ham ishlaydi va aloqa tiklanganda maʼlumotni oʻzi yuboradi.
Bitta obyektda bir nechta firma ovqatlanadi — har biriga oʻz shartnoma narxi. Oy oxirida har firma uchun kunma-kun hisobot bir tugma bilan tayyor.
Karta ishlatilmaydigan joylarda kunlik odam soni jadvaldan yuklanadi yoki qoʻlda kiritiladi — hisobotlarga kartali ovqatlanish bilan birga tushadi.
Yetkazuvchidan kirim, obyektlarga chiqim, ombor qoldigʻi va har mahsulotning kun-baykun harakati. Google jadvaldan bir bosishda yuklash.
Har obyektga berilgan mahsulot normaga toʻgʻri keladimi va 1 odam-kun qanchaga tushyapti — oy oxiridagi qoldiq hisobga olinib, real sarf boʻyicha.
Kassa, ishchilarga berilgan pul va hisobotlari, oylik va avans, yetkazuvchilarga qarzlar, oy yopish va yillik hisobot.
Har firma uchun kunma-kun hisobot va Excel fayl oy oxirida tayyor turadi.
1
Ariza qoldirasiz — siz bilan bogʻlanib, tizimni sizning maʼlumotlaringiz misolida koʻrsatamiz.
2
Obyektlar, firmalar, narxlar va xodimlarni birga kiritamiz, kartalarni biriktiramiz, mavjud jadvallaringizni yuklaymiz.
3
Terminal ovqatlanishni yozadi, hisobot va tannarx oʻzi tayyorlanadi — siz faqat natijani koʻrasiz.
Bir nechta obyekt va firmani ovqatlantiradiganlar: hisob-kitob, ombor va tannarx bir joyda.
Ishchilari obyektda ovqatlanadigan korxonalar: kim qancha ovqatlanganini aniq bilish uchun.
Xodimlar karta bilan ovqatlanadigan ofis va zavod oshxonalari.
Tizim 2021 yildan beri ketering bilan shugʻullanib kelayotgan jamoa tomonidan, oʻz oshxonalarimizdagi real ish asosida yaratilgan.
Terminal ovqatlanishni oʻz xotirasiga yozib boradi va aloqa tiklanishi bilan maʼlumotni tizimga oʻzi yuboradi. Hech narsa yoʻqolmaydi.
Har bir tashkilotning maʼlumoti alohida saqlanadi va boshqa mijozlarga koʻrinmaydi. Har bir xodim faqat oʻz roliga ruxsat berilgan boʻlimlarni koʻradi.
Ha. Kirim, chiqim, qoldiq va odam soni jadvallardan yuklanadi — qayta yuklanganda faqat yangi qatorlar qoʻshiladi.
Narx obyektlar soni va kerakli boʻlimlarga qarab belgilanadi — demo vaqtida aniq hisoblab beramiz. Ariza qoldiring, ish kuni davomida bogʻlanamiz.
Ovqatlanish joyida NFC oʻquvchili Android qurilma (terminal) va ishchilar uchun kartalar. Qolgan ishlar brauzer orqali — telefon yoki kompyuterda.
Narx obyektlar soni va kerakli boʻlimlarga qarab belgilanadi — demo vaqtida aniq hisoblab beramiz. Ariza qoldiring, ish kuni davomida bogʻlanamiz.
Toirov Baxtiyor — Loyiha bosh menejeri
+998 95 399 22 22